Koman "Bavariya" bilan shartnomani uzaytiradi, u klubda Noyer va Levandovskidan keyin eng katta haq oladigan uchinchi o'yinchi bo'ladi

Alisher
11 yanv 2022
Vinger Kingsli Koman tez orada "Bavariya" bilan yangi uch yillik shartnoma imzolaydi.

25 yoshli Fransiya terma jamoasi o'yinchisining Myunxendagi maoshi ikki baravar ko'tariladi.

Shunday ekan, Koman "Bavariya"da Manuel Noyer va Robert Levandovskidan so'ng eng katta haq oladigan uchinchi o'yinchiga aylanadi.

Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe