Koku - "Barselona" bosh murabbiyligi uchun yangi nomzod

Sherzod Nurmatov
21 sen 2021
Kataloniya klubini "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Fillip Koku boshqarishi mumkin.

Jurnalist Xerard Romeroga ko'ra, 50 yoshli niderlandiyalik "ko'k-anorranglilar" rahbariyati short-listidan o'rin olgan. 

Undan tashqari, ro'yxatda Antonio Konte, Andrea Pirlo, Xavi, Marselo Belsa va Erik ten Xag kabi nomlar bor.

Koku 1998 yildan 2004 yilgacha "Barsa"da o'ynagan. Murabbiylik faoliyati davomida PSV, "Fenerbaxche" va "Derbi Kaunti" jamoalarida ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero