Koke "Oltin to'p" haqida: "Grizmann "Atletiko"da o'ynamaganida sovrinni yutgan bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2023
Koke Antuan Grizmann nega "Oltin to'p" olmaganini tushuntirdi.

- Grizmann "Oltin to'p"ga yaqin kelishi uchun yana nima qilishi kerak?

- U "Atletiko"da o'ynayotgani tufayli yuqori o'rinlarni ololmayapti. Unda hamma narsa bor. Grizmann Fransiya bilan ikkita JCH finalida o'ynadi, bittasida yutib, ikkinchisida juda yaqin keldi. U deyarli Yevropa chempioni bo'ldi. O'tgan mavsum LaLiganing eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Men ovoz bermayman, ammo u boshqa klubda o'ynaganida, sovrinni yutgan bo'lardi" - deydi "Atletiko" yarim himoyachisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca