Koke "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2022
Futbolchida jarohat bor.

"Atletiko Madrid" klubi sardori Koku MYUga qarshi YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan birinchi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

Futbolchi "Osasuna"ga qarshi o'yinda jarohat orttirib olgandi va o'yinni noqulay ahvolda yakunlagandi.

Koke klub tomonidan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Yakunda futbolchi sonidan jarohat olgani ma'lum bo'ldi. 

Futbolchi endi tiklanish jarayonini o'tkazadi. Uning qachon safga qaytishi esa noma'lum. 

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin 23 fevral, soat 01:00 da boshlanadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: atleticodemadrid.com