Atletiko Madrid Manchester Yunayted Grinvud uchun so'ragan summadan shokka tushib qoldi

Khoja
24 mar 2024, 10:37
Atletiko Madrid rahbariyati hozirda Xetafeda ijara asosida o'ynayotgan Meyson Grinvudning transferi uchun Manchester Yunayted tomonidan talab qilingan summadan norozi bo'ldi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Atletiko Manchester Yunaytedga 22 yoshli angliyalik futbolchining transferi bo'yicha so'rov yuborgan va bunga javoban inglizlar 58 million evrolik chek jo'natishgan. Qayd etilishicha, Atletiko inglizlarning bunday talablaridan shokka tushib qolgan.

Ispaniyadagi ilk mavsumida 22 yoshli Grinvud Xetafe safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Grinvudning narxini 15 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com