Koke: "Biz faqat klubimiz uchun o'ynashga loyiq bo'lganlar bilan muvaffaqiyatga erishamiz"

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2022
"Atletiko" sardori Kokening fikricha, uning jamoasi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu xizmatlariga muhtoj emas.

Ispaniyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, uning klubida juda ko'p yuqori saviyali ijrochilar bor.

"Bizda shunchaki ajoyib o'yinchilar bor va biz jamoadan tashqaridagi gaplarga quloq solmaymiz. Va biz faqat klubimiz uchun o'ynashga loyiq bo'lganlar bilan muvaffaqiyatga erishamiz", – dedi Koke.

Morentes Ronalduning "Atletiko"ga o'tishini "g'alati" deb atadi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca