Kobi Brayant futbolni xush ko'rardi, u “Milan” muxlisi edi…

Eldor Akmurzayev
27 yanv 2020
Bugun, NBA yulduzi, afsonaviy amerikalik basketbolchi Kobi Brayant baxtsiz hodisa tufayli 41 yoshida olamdan ko'z yumdi.

U shaxsiy vertolyotida aviahalokatga uchradi.  

Brayant poziciyasi bo'yicha hujumkor himoyachi sifatida o'ynagan va butun faoliyatini “Los-Anjeles Leykers”ga (1996-2016) bag'ishlagan edi.

“Qora mamba” laqabi bilan tanilgan basketbolchi “Milan” klubining ashaddiy muxlislaridan biri bo'lgan. Shuningdek, u futbolni juda ham yaxshi ko'rardi. Ko'pchilik Kobini Lionel Messi bilan birga chiqqan reklama orqali eslasa kerak. 

XAYR, AFSONA . . .

Akmurzaev Eldor tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia