Klublar o'rtasidagi JCHga qur'a tashlandi. "Real" yarim finaldan musobaqaga kirishadi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023
Turnirning ilk uchrashuvida 1/4 finalga chiqish uchun "Al Ahli" (Misr) va "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) jamoalari o'zaro to'qnash keladi.

O'yin 1 fevral kuni bo'lib o'tadi. Keyingi juftliklar quyidagicha ko'rinish kasb etgan.



Marokash. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati

1/4 final

"Sietl Saunders" (AQSH) – "Al Ahli" (Misr) / "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya)

"Vidad" (Marokash) – "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)


1/2 final

"Flamengo" (Braziliya) – "Vidad" (Marokash) / "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"Sietl Saunders" (AQSH) / "Al Ahli" (Misr) / "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) – "Real" (Ispaniya)


Yarim final o'yinlari mos ravishda 7 va 8 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi Angliyaning "Chelsi" jamoasi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Morocco World News