Klublar o'rtasidagi JCHga oid yangi qoida qabul qilindi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018
FIFAdagilar klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qoidalarga biroz o'zgartirish kiritishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar o'rtasidagi JCH finalida qizil kartochka olgan futbolchilar klubning evrokuboklarda o'tkazadigan navbatdagi bahsida ishtirok eta olishmaydi.

Bu qoida faqat "Real"ga tegishli, chunki ular ushbu turnirda ishtirok etayotgan yagona yevropalik hisoblanishadi. Agar "qaymoqranglilar"dan biri finalda chetlatilsa, Chempionlar ligasi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi mundial yarim finalida "Real" "Kashima Antlers" bilan o'ynaydi. Bahs 19 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ikkinchi yarim final "River Pleyt" hamda "Al Ayn" jamoalari o'rtasida o'tkaziladi (18 dekabr).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS