Klublar o'rtasidagi JCH formatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 15:19
FIFA klublar o'rtasidagi JCH formatini o'zgartirishni niyat qilmoqda.

"Reuters" xabariga ko'ra, turnir har 4 yilda bir bora o'tkazilishi mumkin. Shuningdek, turnirda 24 jamoa ishtirok etadi. Unda YCHLning so'nggi 4 mavsum g'olibi, Yevropa ligasining so'nggi  4 mavsum g'olibi, Libertadores kubogining so'nggi 4 mavsum g'olibi, Okeaniya qitasidan bir jamoa, Janubiy Amerika qitasidan yana bir jamoa, turnir mezboni, Osiyo chempionlar ligasining so'nggi ikki g'olibi, Afrika chempionlar ligasining so'nggi ikki g'olibi va nihoyat KONKAKAF chempionlar ligasining so'nggi ikki g'olibi qatnashishi ko'zda tutilmoqda.

Yangi formatdagi turnir 2021 yilda o'tkazilishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Reuters