Klublar o'rtasidagi JCH. "Amerika" - "Guanchjou Evergrand" uchrashuvida shvetsiyalik hakamlar ishlaydi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 12:19
Ertaga klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi.
Birinchi chorak finalda Meksikaning "Amerika" va Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klublari to'qnash kelishadi. Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadigan ushbu bahsga shvetsiyalik Yonas Eriksson boshchiligidagi hakamlar tayinlandi. Takidlash lozimki, bu o'yinda g'olib chiqqan klub yarim finalda "Barselona"ga qarshi o'ynaydi.

Ikkinchi chorak finalda Yaponiya chempioni "Sanfrechche Xirosima" klubi Afrika chempioni Kongoning "Mazembe" klubi bilan o'ynaydi. 15:30da start oladigan bahsda esa kolumbiyalik Vilmar Roldan hakamlik qiladi. Zaxira hakami sifatida eronlik Alirizo Fag'oni qayd etilgan. Bu uchrashuv g'olibi yarim finalda Argentinaning "River Pleyt" klubi bilan bahs olib boradi.




1/4 final
13 dekabr 12:00
"Amerika" (Meksika) - “Guanchjou Evergrand” (Xitoy)
Bosh hakam
: Yonas Eriksson (Shvetsiya)
Qanot hakamlari: Matias Klasunius va Daniel Varnmark (ikkisi Shvetsiya)
Zaxira hakami: Neant Alium (Kamerun)


13 dekabr 15:30
"Mazembe" (Kongo) – “Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya)
Bosh hakam:
Vilmar Roldan (Kolumbiya)
Qanot hakamlari: Aleksandr Guzman va Kristian De La Kruz (Kolumbiya)
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia