Klublar o'rtasidagi JCH. "Al Jazira" uchinchi o'rin uchun bahsda yirik hisobda yutqazdi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2017
BAA mamlakatida o'tayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida uchinchi o'rin sohibi ma'lum bo'ldi.

Uchinchi o'rin uchun bahsda Meksikaning "Pachuka" klubi mezbon mamlakat chempioni "Al Jazira"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Sardor Rashidov musobaqada umuman maydonga tushgani yo'q. 

"Al Jazira" - "Pachuka" 1:4
Gollar: 
Al Rezzi 57 - Jonatan 37, Xara 60, De La Rosa 79, Sagal 84 penalti

Soat 22:00da klublar o'rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvi boshlanadi. Unda "Real Madrid" va "Gremio" klublari to'qnash kelishadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia