Klopp Veynaldumning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
24 iyun 2021
"Aston Villa" xavbeki Jon Makginn faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, Mersisayd klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppga shotlandiyalikning Evro-2020dagi o'yinlari maqul kelgan. U jamoada PSJga o'tib ketgan Jorjino Veynaldumning o'rnida o'ynashi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Makginn Premer-ligada 37 o'yinda qatnashib, 3 gol va 6 assist qayd etdi. Uning transfer summasi 30 mln evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic