Klopp Salohning "Man Siti"ga urgan goli haqida: "Uni 50-60 yil eslashadi. Muhammad – jahon darajasidagi o'yinchi"

Alisher
4 okt 2021
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" (2:2)ga qarshi APL doirasidagi o'yindan so'ng vinger Muhammad Saloh haqida gapirdi.

"Agar Ronaldu yoki Messi shunday gol urishsa, bu jahon darajasi deyishadi. Muhammad Saloh shunday gol urdi, sababi u jahon darajasidagi o'yinchi.

Faqatgina dunyoning eng yaxshi futbolchilari bunday gol urishadi.

Ushbu klubda bunday gollar urilmaydi, shu sabab odamlar bu gol haqida ancha eslashadi - 50-60 yil bu to'p eslanadi", - deydi nemis.


AlisherMuallif
Manba: BBC