

Riberi Bavariyadagi 12 yillik faoliyatidan so'ng, joriy yozda erkin agent sifatida klubni tark etgandi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklarning hujumkor futbolchilaridan biri klubni tark etadigan bo'lsa, u holda 36 yoshli yarim himoyachi jamoa a'zosiga aylanadi.
Avvalroq, Riberi yana ikki yil futbol o'ynashini, keyin esa murabbiylik sohasida ishlamoqchiligini aytgandi. Shuningdek, unga APL debyutanti Sheffild Yunayted qiziqayotgani haqida aytilmoqda.



