Klopp o'zi murabbiylik qilgan eng yaxshi futbolchini aytdi

Eldor Akmurzayev
17 mar 2021, 21:00
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Bavariya” forvardi Robert Levandovski haqida gapirdi.

Ular birga "Borussiya D"da ishlagan. 

“Robert – men ishlagan futbolchilar orasidagi eng yaxshisi. Buni boshqa birovga nisbatan aytish adolatsizlik bo'ladi. Agarda har bir o'yinchi Robert kabi progress qilsa, futbol umuman aqlbovar qilmas darajada bo'lardi. U fenomen. Levandovski – haqiqiy mashina. U gol uradigan mashinaga aylansh uchun barcha narsani qildi. U har qanday vaziyatda qanday qaror chiqarishni aniq biladi. Men esa Robert va boshqa futbolchilar tufayli yaxshi murabbiyga aylandim”, deydi Klopp.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport Bild