Klopp: “MYUning tanqidchilariga javob qaytarish maqsadida radioga qo'ng'iroq qilishimga oz qoldi”

Eldor Akmurzayev
20 avg 2022, 09:10
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Manchester Yunayted”ni tanqid qilayotganlarga munosabat bildirdi.

“Brentford”dan keyin MYU uchun yaxshi hafta bo'lmadi. “Brentford”ning qanchalar zo'r ekanligini unutdik. 1-taymni ko'rdim, keyin esa uyga bordim va radioda TalkSPORT'ni tingladim.

Gabi Agbonloxor – u bu yerdagi birinchi mavsumimda bizga 6:0 hisobida yutqazgandi va uning maydondagi harakatlarini eslay olmadim, ammo o'sha ko'rsatuvda “Yunayted” haqidagi gaplari… Qo'ng'iroq qilib, futbolchilik faoliyatingizdagi davrni yoddan chiqargan ko'rinasiz, deb aytmoqchi ham bo'ldim.

Agar sobiq o'yinchilar shunday qilayotgan bo'lsa, unda boshqalari qandayligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunchaki, o'zingiz shu kabi vaziyatga qanday munosabatda bo'lishni xohlayotganingizni so'rashingiz kerak. Ular javob qaytarishni istashadi, bu esa biz kutishimiz mumkin bo'lgan mutlaqo normal holat hisoblanadi”, deydi Klopp.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN