Klopp "Liverpul" muxlislariga qarata: "Jin ursin, ahmoqlar!"

Alisher
12 mar 2020
"Liverpul" bosh murabbiyi CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Atletiko" (2:3)ga qarshi o'yinda muxlislardan norozi bo'ldi.

"Liverpul" o'yinchilari o'yinoldi mashg'ulotlarga chiqishayotganida muxlislar COVID-19 borasidagi tavsiyalarni unutib, futbolchilarga qo'llarini tutishdi.

Shu paytda Klopp maydonga tushib, muxlislarga: "Qo'llaringni olinglar. Jin ursin, ahmoqlar!", - dedi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq koronavirus tufayli o'yin oldidan jamoa futbolchilarining o'zaro qo'l berib ko'rishishlari taqiqlangan edi.

YCHL. "Atletiko" "Liverpul"ni "Enfild"da tiz cho'ktirdi


AlisherMuallif
Manba: championat.com