Klopp "Liverpul" haqida xujjatli film suratga olishni taqiqlab qo'ydi

Tolibjon Qosimov
21 sen 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Amazon" kompaniyasiga jamoa haqida xujjatli film suratga olishni taqiqlab qo'ydi.

Bu haqda "DailyMail" nashri ma'lum qildi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, kompaniya mersisaydliklar haqida film olishga qiziqmoqda. Klub rahbariyati bunga rozilik berdi, ammo Klopp tasvirga olishni rad etdi.

Nemis mutaxassisining fikricha, suratga olish jarayoni jamoaga hech qanday foyda keltirmaydi. Aksincha, kameralarning paydo bo'lishi futbolchilar o'zlarini boshqacha tuta boshlashlariga sabab bo'lib qolishi mumkin.

Oldinroq, "Amazon" "Manchester Siti" haqida "Hammasi yoki hech narsa" nomli xujjatli film olgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk