Klopp: "Ayni damda "Liverpul" - boshqa futbolchilar uchun qiziqarli loyiha"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2017
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp so'zlariga ko'ra, klub Chempionlar ligasi uchun tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda.

33-turdan so'ng "Liverpul" APL turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

"Ayni damda "Liverpul" - boshqa futbolchilar uchun qiziqarli loyiha. Muzokaralar yaxshi davom etmoqda. Bu bilan biz o'ylagan hamma narsa amalga oshishi aniq emas, biroq boshqa futbolchilar jamoamizning o'sishini kuzatmoqda. Agar ular safimizga qo'shilishsa, bu vazifani uddalash avvalgi yildan osonroq kechadi" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal