Klopp "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi

Mirjalol Normatov
18 okt 2021
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp YCHLning 3-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Adashmasam, javob o'yinidan keyin jaxl otiga mingandim va barcha narsadan alamimni olgandim. "Atletiko" o'shanda jahon darajasida himoyalangandi. Shu sababli o'shanda o'ylamay gapirib yuborganman. Ularning mehnatiga hurmat bilan qarayman. Biroq menga boshqacha o'yin uslubi yoqadi", - dedi Klopp.

"Atletiko" - "Liverpul" bahsi 19 oktyabr tunida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal