Klopp: "Agar Gvardiola Manchesterga kelsa, APL klublariga oson bo'lmasligi aniq"

Aslanov Jasurbek
29 dek 2015
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Agar ushbu ma'lumot boshqa transfer mish-mishlariga o'xshash bo'lsa, Pep Angliyadan boshqa hamma joyga borishi mumkin.

Ammo bu haqiqat bo'lsa, APLning barcha klublariga oson bo'lmaydi, chunki Gvardiola jahonning eng yaxshi murabbiyi" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild