Klishi: "Bu yili "Manchester Yunayted" bilan bo'ladigan o'yinlar alohida ahamiyatga ega"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2014
"Manchester Siti" himoyachisi Gael Klishining so'zlariga ko'ra, u "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapti.

Bu uchrashuv 2 noyabrda "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.

"Angliyada turli hil derbilar ko'p. Men "Arsenal" va "Tottenxem" derbisida ishtirok etganman, ammo menga Manchester shahriniki mamlakatdagi asosiysi deb aytishdi.

Bu yili "Manchester Yunayted" bilan bo'ladigan o'yinlar alohida ahamiyatga ega, chunki hozir ular yangi murabbiy qo'l ostida va jamoa ochkolarga muhtoj. Futbolchi uchun muhimi - buyuk klublarga qarshi o'ynash. Bizni qiyin o'yin kutib turibdi va uch ochko olishga tayyormiz" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com