

“Bu hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Jahon chempionatida Germaniya termasi ustozi bo'laman deb hech o'ylamagandim. AQSH terma jamoasi yoki “Bavariya”da ishlashimni ham kutmagandim. Bir necha oydan keyin esa “Tottenxem”ni yakunda kim boshqarishini bilib olamiz”, deydi 56 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, nemis mutaxassisning oxirgi ish joyi 2020 yil “Gerta” bo'lgan. Avvalroq esa "Tottenxem" rahbariyati "Atletik" ustozi Marselino Garsiya bilan muzokara o'tkazayotgani aytilgandi.



