Kleydi Daci: "Biz uchun eng muhim narsa - ko'proq ochko to'plash"

Абдулвосит Бектемиров
4 okt 2025
"Qo'qon-1912" futbolchisi Kleydi Daci Superliga 24-turidan o'rin olgan OKMK - "Qo'qon-1912" (0:1) bahsidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bu o'yin biz uchun juda muhim edi va bugun biz qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Hozirgi vaqtda biz uchun eng muhim narsa - ko'proq ochko to'plash," - dedi Kleydi Daci bahs yakunlangach.

- "Qo'qon-1912" so'nggi uchrashuvlarni yaxshi o'tkazmoqda. Jamoa sentyabr oyida umuman mag'lub bo'lmadi. Jamoa natijalarining bunday yaxshilanishiga nima sabab bo'ldi?

- Har bir futbolchi maksimum harakat qilyapti. Biz musobaqa jadvalida imkon qadar teparoq chiqib olishimiz kerak. Qo'yi pog'onalardan tepada bo'lsak, o'tish o'yinlarida ishtirok etmaymiz va ligada jon saqlab qolamiz.

- Bugun sobiq jamoangizga qarshi o'ynadingiz. Ushbu o'yinda qo'shimcha ishtiyoq bormidi?

- Ochig'ini aytsam, biroz g'alati hissiyot bo'ldi. Uch oy oldin men OKMK futbolchisi edim. Men hali hamon OKMK futbolchisiman va yana bir mavsumlik shartnomam bor, ammo hozirgi vaqtda o'z jamoamga yordam berishim kerak.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia