Klaudio Bravo: "Durang biz istagan natija emas!"

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2015, 18:20
"Barselona" darvozaboni Klaudio Bravo "Espanol"ga qarshi o'yindagi durang haqida gapirib o'tdi.

"Raqibning pressingiga qarshi o'ynashimizga to'g'ri keldi. Shuningdek, maydon chimi ham o'z ta’sirini ko'rsatdi. Bu bilan o'zimizni oqlamoqchi emasmiz. Durang - biz istagan natija emas. "Espanol" yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Keyingi o'yinlarda yanada e'tiborliroq bo'lib o'ynashimiz lozim", - deydi chililik posbon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana