Kin “Arsenal” haqida: “Ko'rinishidan “Real”ga, o'yin uslubi esa bardagilar jamoasiga o'xshadi”

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2022
“Manchester Yunayted” sobiq sardor Roy Kin Angliya Kubogi 3-raundida “Nottingem Forest”ga yutqazib, musobaqani tark etgan “Arsenal”ni tanqid qildi.

“To'pchilar” bahsda "No More Red" (Londonda pichoqbozlikk qarshi) akciyasida qatnashgani tufayli o'zi uchun noodatiy bo'lgan oq libosda harakat qilishdi.

“Ikkala jamoa ham o'zini ko'rsatolmadi, ularni tanqid qilish kerak. “Arsenal” xuddi “Real”ga o'xshardi, ammo barda kunini o'tkazadiganlar jamoasi kabi o'ynadi.

O'tgan hafta esa ular haqiqatan ham “Manchester Siti”ga qarshi ajoyib o'ynashdi. Biroq, mag'lub bo'lishdi. Jamoa kuchsizligicha qolmoqda.

Ular o'zlarini umuman ko'rsata olishmadi. Ayni vaqt klubda ijobiy o'zgarishlar bor, ammo bugungi natija jiddiy orqaga qadam bo'ldi”, deydi Kin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail