Kimyo kompaniyasi egasi MYUning 25% akciyasini 1,4 mlrd. funtga sotib oladi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2023
Jim Retkliff "Manchester Yunayted" egalaridan biriga aylanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ineos kimyo kompaniyasi rahbari yaqin kunlar ichida klubning 25% akciyasini xarid qiladi. Gleyzerlar oilasi nazorat paketini yo'qotishmaydi.

Britaniyalik milliarder bilan kelishuv MYU egasining to'liq o'zgarishiga tashlangan birinchi qadamdek ko'rilmoqda. Retkliff ushbu akciyalar uchun 1,4dan 1,5 mlrd. funtgacha to'lashi taxmin qilinyapti.

Bugun Shayx Jassim MYUni sotib olmasligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail