Kimi Merk: "O'ylashimcha, bizga futbolchi etishmadi"

Sherzod Nurmatov
21 mar 2025
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi yarim himoyachisi Kimi Merk JCH-2026 saralash bosqichi doirasidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng (1:0) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin. Boz ustiga, o'yinning boshida qizil kartochka oldik. Biz o'yinni deyarli bitta holatda o'tkazdik. Ko'p himoyalandik. Hayot davom etadi. 

O'ylaymanki, bizga o'yinchi etishmadi. Qizil kartochkadan so'ng bir kishi kam bo'lib qoldik. Endi o'yinni ko'rib chiqishimiz kerak. Nima noto'g'ri bo'lganini ko'rgan holda keyingi bahsga hozirlik ko'ramiz", – deydi Merk.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia