

Fransiya terma jamoasi yangi sardori Kilian Mbappe jamoaning Evro-2024'dagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Fransiya terma jamoasi o'yinchilari ro'yxatiga qarab, kerakli futbolchilarni o'z poziciyalariga joylashtirib qaralsa, futbol ko'radigan istalgan muxlis qanday qilib biz Evro-2024'ni yuta olmasligimiz mumkinligi haqida gapiradi.
Dunyoning eng zo'r klublarida o'ynash borasida bizda muammo yo'q. O'yinchilarimiz o'z poziciyalarida eng kuchlilari desa ham bo'ladi. Endi esa oldinga borib, yana sovrinlar yutish kerak. Ahir, bir necha o'yinchilar termani tark etishdi.
Maqsad avvaliga Evroga yo'llanma olish. Keyingi qadar esa, albatta Evro g'olibligi. Fransiya Evro-2024'da g'olib bo'lishi kerak", -deydi Kilian Mbappe.



