Kiki Seten “Barselona”ning YCHLdagi 23 yillik ananasini buzdi

“Barselona” YCHL 1/8 finali doirasida “Napoli”ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Bu Kataloniya klubi ustozi Kiki Seten uchun “Barselona” boshqaruvidagi YCHLdagi ilk o'yin bo'ldi. Seten 1997 yildan beri YCHLdagi debyut o'yinida g'alaba qozona olmagan “Barselona”ning ilk murabbiyiga aylandi. So'nggi bor bunday natijani Lui van Gal qayd etgandi. O'shanda niderlandiyalik “Barselona” bilan evroarenadagi debyutida “Nyukasl”ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” va “Napoli” o'rtasidagi javob o'yini 18 mart kuni bo'lib o'tadi.


Manba: Opta