Kike Seten: "Barselona"ning Messiga bog'lanib qolgani, normal holat"

Alisher
6 mar 2020
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning hujumchi Lionel Messiga bog'lanib qolgani haqida gapirdi.

"Barselona"ning 90% natijasini Messi hal qiladi. Men doim aytganman, to'p yaxshi oyoqlarda bo'lsa, maqsadga erishish imkoniyati shunchalik ko'p bo'ladi.

Shu sababdan o'yinchilar Leoni qidirishadi, chunki ular u nimadir o'ylab topishini biladilar. Bu qaramlik esa, normal holatdir", - deydi Seten.

Messi joriy mavsum La Ligada 21ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Periódico