Kibersport. “Sirojiddin Sayfievga bag'ishlab “UZ Arena” turnir o'tkazdi”

Aziz Tukhtamuradov
20 may 2017, 19:50
O'zbekiston virtual sport o'yinlari kiberfutbol Federatsiyasi “Dinamo”ning sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfievga bag'ishlab muxlislar klubi bilan hamkorlikda kichik futbol turniri o'tkazdi.

Xabaringiz bor, bundan bir necha oy oldin Samarqandning "Dinamo" klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiev og'ir xastalikka chalingandi. Bundan xabar topgan barcha futbol muxlislari va mutasaddilari Sirojiddinga yordam berish uchun qo'llaridan kelgan yordamni ayamadi. O'zbekiston virtual sport o'yinlari kiberfutbol Federatsiyasi ham mana shu akciyaga o'z xissasini qo'shishni istadi va muxlislar klubi bilan birgalikda kichik musobaqa o'tkazishdi rejalashtirishdi. 

Ushbu turnirda “Barcamania Tashkent”, “Madridista Uzbekistan”, “Mancunian Reds”, “Munchen Stars”, “ScousersUZ”, “UZ Arena”, “Chelsea” muxlislar klubi va kibersport Federatsiyasi  xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu musobaqadan tushgan mablag' Sirojiddin Sayofievga taqdim etiladi.

Turnirda birinchi o'rinni “Mancunian Reds”, ikkinchi o'rinni “Barcamania Tashkent” va uchinchi o'rinni “ScousersUZ” (“Liverpul”) klubi muxlislari qo'lga kiritishdi.















Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia