Kibersport: O'zbekistonliklar bir kunda Yevropaning uchta jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2016
FIFA16 o'yini bo'yicha O'zbekistonlik kibersportchilar kecha Yevropaning uch terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

11x11 rejimida (bir vaqtning o'zida 22 o'yinchi ishtirok etuvchi uchrashuv) Rossiya terma jamoasiga qarshi o'ynagan hamyurtlarimiz so'nggi daqiqalarda raqibga imkoniyatni boy berishdi (2:3).

Bir necha kun oldin tuzilgan jamoamiz Armaniston terma jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik bahsida yana 2ta gol urishdi va yana mag'lub bo'lishdi (2:4)

Gretsiyaga qarshi bahsda o'zbekistonliklar 88-daqiqagacha hisobda oldinda borayotgan edi, ammo 2 daqiqada 2 ta gol o'tkazib yuborgan o'yinchilarimiz bu bahsda ham mag'lubiyatga uchrashdi. O'yinchilarimiz uchchala o'yinda ham penaltilardan unumli foydalana olishmadi.

O'zbekiston - Rossiya 2:3

O'zbekiston - Armaniston 2:4

O'zbekiston - Gretsiya 1:2


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia