Kibersport. O'zbekistonlik yigit boshchiligidagi tarkib endi Yevropaning mashhur jamoasida

Aslanov Jasurbek
23 apr 2020
Bir necha kun oldin Dota 2 bo'yicha onlayn rejimida o'tgan ESL Los Angeles 2020 turniri yakunlangan edi.

O'sha musobaqada hamyurtimiz Akbar Bo'taev (SoNNeiko) sardorlik qilgan "Chicken Fighters" jamoasi to'rtinchi o'rinni egallab, 14 ming dollar yutib olishgan edi. Ushbu tarkib endi NiP (Ninjas in Pyjamas) klubi sharafini himoya qilishadi. Ularning bari yangi jamoa bilan shartnoma imzolashdi. Hamyurtimiz Akbar Bo'taev Yevropaning mashhur jamoasida ham sardorlikni davom ettiradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia