Kibersport. Hamyurtimiz jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019
Ayni damda Xitoyning Chuncin shahrida kompyuter o'yinlari bo'yicha jahon chempionati (WESG 2018) o'tkazilmoqda.

Ushbu kompyuter mundialida O'zbekistondan bir ishtirokchi qatnashmoqda. Salohiddin Esonov virtual futbol o'yinida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun PES2019 o'yini bo'yicha bahslarga start berildi. Esonov "C" guruhida keyingi bosqichga chiqish uchun kurashni boshladi. Vakilimiz jahon chempionatidagi ilk o'yinida g'alabaga erishdi. Kibersportchimiz ikki uchrashuv natijasiga ko'ra xitoylik raqibini 5:2 hisobida taslim etdi. Salohiddin 2-tur uchrashuvini indoneziyalik o'yinchiga qarshi o'tkazdi. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra durang qayd etildi. 3 va 4-tur o'yinlari ertaga o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia