Kibersport. Bugun Los-Anjeles meyjor guruh bosqichining so'nggi bahslari o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2020
Dota 2 bo'yicha Yevropa va MDH mintaqasida o'tkazilayotgan Los-Anjeles meyjor qizg'in pallaga kirgan.

Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichidagi so'nggi o'yinlari o'tkaziladi. Qizig'i shundaki, Yevropa mintaqasi jamoasi ("Chicken Fighters") vakili bo'lgan hamyurtimiz Akbar Bo'taev (Sonneiko) keyingi bosqichni g'oliblar to'rida boshlashga yaqin turibdi.

8ta jamoadan iborat bo'lgan "B" guruhida "Chicken Fighters" 4ta g'alaba va 12 ochko bilan 3 o'rinni egallab turibdi. Agar bugun ular Yevropaning eng nomdor jamoalaridan biri bo'lgan "Alliance"ni mag'lub eta olsa va 2-o'rindagi "Team Spirit" mag'lubiyatga uchrasa Akbar va uning beshligi g'oliblar to'ridan joy oladi. "Sonneiko"ni haydab yuborgan Na'Vi esa guruhda qolib ketdi. 6ta uchrashuvda bor-yo'g'i 2ta g'alabaga erishdi. Guruh jadvali quyidagicha:



Eslatma: "A" va "B" guruhida 1-2-o'rinni egallagan 4ta jamoa musobaqani g'oliblar to'rida davom ettiradi, 3 va 4-o'rinni egallaganlar mag'lublar to'riga yo'l oladi.


Bugungi uchrashuvlar ro'yxati bilan tanishing:

"A" guruhi

20:00. OG - Gambit

20:00. Nigma - Vikin.gg

20:00. Virtus.pro - B8

20:00. HellRaisers - CyberLegacy


"B" guruhi

23:00. Liquid - Navi

23:00. Secret - Unique

23:00. Alliance - Chicken Fighters

23:00. Ninjas in Pyjamas - Team Spirit


Eslatib o'tamiz, turnirning mukofot jamg'armasi 200 ming dollarni tashkil qiladi va u quyidagicha taqsimlanadi:

1-o'rin. 60 ming dollar

2-o'rin. 38 ming dollar

3-o'rin. 25 ming dollar

4-o'rin. 14 ming dollar

5-6-o'rinlar. 10 ming dollar

7-8-o'rinlar. 7.5 ming dollar

9-10-o'rinlar. 5 ming dollar

11-12-o'rinlar. 4 ming dollar

13-14-o'rinlar. 3 ming dollar

15-16-o'rinlar. 2 ming dollar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia