

Ushbu musobaqa FIFA 17 yo'nalishi YCHL (champions league) reglamenti bo'yicha o'tkazilmoqda. Turnirda 32 kiberfutbolchi qatnashmoqda. Bugun musobaqaning guruh bosqichi uchrashuvlari o'tkazilayotgan bo'lsa ertaga qolgan bosqichlar va turnirning yopilish marosimi bo'lib o'tadi. Musobaqada birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinni egallagan kiberfutbolchilarga diplom va esdalik sovg'alari topshiriladi.




