Kiberfutbol. “PROJECT X” musobaqasi g'olibi “Bunyodkor” klubi a'zosi

Aziz Tukhtamuradov
19 apr 2017
Kuni kecha O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federatsiyasiga qarashli “UzArena”da “PROJECT X” musobaqasi yakunlandi.

Avval xabar berganimizdek O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federatsiyasiga qarashli “UzArena”da O'zbekistonlik eng kuchli kiberfutbolchilar orasida “PROJECT X” musobaqasi 3 kun davomida bo'lib o'tishi haqida ma'lumot bergandik. Kecha ushbu musobaqa o'z nihoyasiga etdi. Turnirda “Bunyodkor” futbol klubi kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev g'olib bo'ldi. 

Ikkinchi o'rinni “Qo'qon-1912” klubi a'zosi Dilshod Matyakubov qo'lga kiritgan bo'lsa uchinchi pog'onani “Metallurg” klubi kiberfutbolchisi Server Kerimov qo'lga kiritdi. Afsuski ushbu musobaqada “Lokomotiv” klubi kiberfutbolchisi O'ktam Ibragimov to'rtinchi o'rinni egalladi va kuchli uchlikka kira olmadi. Ushbu musobaqada qolgan to'rtta o'rinni Qahramon Solixboev, Anvar Emilien, Jamshid Jo'raqulov va federatsiya prezidenti Azizbek Pattaxov egalladi. 




Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia