Kiberfutbol: Jahon chempionati saralashi tufayli PCFL grand finali boshqa sanada bo'ladi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2016, 17:47
Bir necha kun oldin ESWC (Electronic Sports World Cup) tashkilotchilari "Virtual Football" kompaniyasining O'zbekistonda kiberfutbolga qo'shayotgan xissasini ko'rib, mamlakatmizga FIFA yo'nalishi bo'yicha jahon chempionatiga yo'llanma taqdim etganini e'lon qilgandik.

Jahon chempionati yo'llanmasi uchun turnir 29 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladigan bo'ldi. Shu sababli PCFL (Professional Cyber Football League) musobaqasining grand-final bosqichi boshqa kunga ko'chirildi. Toshkentda o'tadigan grand-final 14 oktyabrda bo'lishi rejalashtirildi.

18 yoshdan oshgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini jahon chempionatining saralash turniriga taklif qilamiz. Ro'yxatga olish 28 sentyabrgacha davom etadi.



+998 94 606 73 33

         +998 71 245 52 92          +998 90 168 52 91

Eslatib o'tamiz, ro'yxatdan o'tganlar soat 10:00gacha "Bunyodkor" stadioniga kelishini iltimos qilamiz. Saralash o'yinlari PS4 (Playstation 4) dagi FIFA 16 o'yinida o'tkaziladi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia