Kiberfutbol bo'yicha “Lokomotiv Cup” musobaqasi o'tkazildi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2016
Bilasiz, kibersport so'nggi paytlarda juda tez suratlarda rivojlanib bormoqda.

Bu yil ilk bor O'zbekiston kiberfutbol professional ligasi ham o'tkaziladi. Ushbu musobaqada “Lokomotiv” futbol klubining barcha to'rt nafar kiberfutbolchisining ham ishtirok etishi quvonarli hol, albatta.


Takidlash joizki, Oliy Liga ilk mavsumiga noyabr oyining so'nggi dekadasida start beriladi. Unga qadar esa “Lokomotiv” futbol klubi tashabbusi bilan “Lokomotiv Cup” musobaqasi tashkil etildi. Birinchi bor o'tkazilgan ushbu turnirda jami 32 nafar kiberfutbolchi “temiryo'lchilar” sovrini uchun kurash olib bordi. Ular qatorida “Qo'qon-1912”, “Paxtakor”, “Olmaliq” hamda “Nasaf” kabi klublarning tajribali kibersportchilari bahslarda qatnashganini alohida qayd etish joiz. Qiziqarli tarzda o'tgan bahslar yakuniga ko'ra “Sanjar_Loko” nikli “Lokomotiv” kiberfutbolchisi bosh sovrinni qo'lga kiritdi. U finalda “Doniyor Bek’s”ni 4:2 hisobida engishga muvaffaq bo'ldi. “Sherzod Schurrle_Loko” nikli “Lokomotiv”ning boshqa bir kiberfutbolchisi esa uchinchi o'rinni band etdi.




















Yakunda g'oliblar “Lokomotiv” professional futbol klubi rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Taqdirlash marsomida klub bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, futbolchilar – Kaxi Maxaradze hamda Ikrom Aliboevlar ishtirok etib, g'oliblarga sovrinlarni topshirishdi. Shuningdek, musobaqani tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan Allianz Arena klubi rahbari “Abdusapi Legend_Loko”ga ham esdalik sovg'asi hamda tashakkurnoma taqdim etildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz