Keyxill termasidagi so'nggi o'yinini qachon o'tkazishi ma'lum

Mirjalol Normatov
4 sen 2018
Avstraliya futboli afsonasi Tim Keyxill milliy termasidagi so'nggi o'yinini qachon o'tkazishi ma'lum bo'ldi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, uning "sokkeruzlar" tarkibidagi xayrlashuv uchrashuvi 20 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Unda terma Livanga qarshi bahs olib boradi. Oldinroq 38 yoshli futbolchi milliy termadan ketishini ma'lum qilgandi.

Keyxill 2004 yildan buyon Avstraliya termasi tarkibida 107 uchrashuvda qatnashib, 50 gol kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports