

"Otam "Liverpul"ni sevishini juda ko'p aytardi. Bolaligimda otam bilan "Liverpul" liboslarida futbol o'ynardik. Men yarim himoyada o'ynardim. Jerrard esa jamoa yetakchisi edi, meni ko'pchilik Stivenga o'xshatardi. Umuman olganda mening sevimli futbolchi Inesta bo'lgan. Uning iqtidori va texnikasi meni lol qoldirardi, hech qachon agressiv holatga tushmasdi. Shuningdek, Dekuning o'yinlarini doimiy tarzda kuzatib borardim. Otamga ham u yoqardi. Mening "Deku" degan laqabim bo'lardi", - dedi Keyta.



