Keyrush Misr terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2022
Misr termasi ustozi Karlush Keyrush iste'foga chiqqanini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, "firavnlar" 69 yoshli portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida JCH-2022 ga chiqa olishmadi.

Misrliklar pley-off uchrashuvida penaltilar seriyasiga ko'ra Senegalga mag'lub bo'lib, mundial yo'llanmasidan quruq qolishdi.

Keyrush jamoani 2021 yilning sentyabridan buyon boshqarib kelayotgandi. Terma jamoa uning boshchiligida Afrika Kubogi finaliga qadar yetib borib, aynan Senegalga yutqazgan edi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sporting News