Keyn "Tottenxem"da qolmoqchi emas, "Bavariya" yana taklif jo'natmoqchi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2023
"Bavariya" hali hamon Xarri Keyn transferi borasida mulohazalar olib bormoqda.

"Tottenxem" forvardiga shartnoma taklif qilgan, biroq Keyn shartnomani uzaytirishni istamagan. Undan tashqari, kelasi yil ham emas, shu yozning o'zidayoq Germaniya chempionlari tarkibiga o'tish harakatiga tushib qolgan. Buni hisobga olgan Germaniya klubi ham uchinchi rasmiy taklif jo'natishga tayyor turibdi. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel bir necha kunlar oldin hujumchi bilan Londonda uchrashgan va suhbat olib borgan.

Vaziyatni PSJ ham kuzatib bormoqda. Oldinroq Keynni "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo'lgan, biroq "shporlar" asosiy raqibiga futbolchisini sotishni istamagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN