Keyn "Liverpul"ga o'tishi mumkin. U faoliyatini Angliyada yakunlamoqchi

Alisher
23 mar 2025
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn joriy mavsum yakunida Angliya Premer-ligasiga qaytish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Angliyalik hujumchi bilan shartnoma imzolash uchun "Liverpul" favorit bo'lib turibdi. Takidlanishicha, mersisaydliklar Angliya terma jamoasi sardoriga ulkan loyiha, ahil jamoa va haqiqiy ambiciyalarni taklif qilishi mumkin. Shu bilan birga, "Bavariya" kuchli muzokaralar poziciyasida turibdi, chunki Keynning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Ammo futbolchining Angliyaga qaytish istagi hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.

Keyn 2023 yilning yozida "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o'tgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 90 million evroni tashkil etadi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional