Keyn Levandovski rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2024
Xarri Keyn "Xoffenxaym"ga qarshi Bundesliganing 17-tur o'yinidan (3:0) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Bavariya" forvardi Bundesliganing birinchi davrasida 22ta gol urib, jamoaning sobiq hujumchisi Robert Levandovskining 2020/21 mavsumda o'rnatgan rekordini takrorladi.

Xarri Keyn joriy mavsum Bundesliganing 16ta bahsida 22ta gol urib, 5ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta