

Xarri Keyn uchrashuvda o'z nomini tabloga yozdirdi. Keyn uchun bu mundiallardagi 7-gol bo'ldi va u 7 ta aniq zarba (100 foiz) orqali ushbu natijaga erishgan holda mundialdagi unikal rekord muallifiga aylandi. Bu kabi statistika 1966 yildan beri hisoblab kelinadi.
29 yoshli hujumchi 2018 yilgi JCHda 6 ta gol bilan to'purar bo'lgan. Joriy turnirda esa u 1+3 natija ko'rsatib turibdi.



