Keyn Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Administrator
21 may 2025, 23:35
"Bavariya" hujumchisi karerasidagi ilk unvonni qo'lga kiritdi va eng ko'p gol urgan o'yinchi bo'ldi.

Harri Keyn Bundesliga-2024/25 mavsum eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Angliya terma jamoasining 31 yoshli hujumchisi "Bavariya" tarkibida chempionlikni qo'lga kiritdi - bu uning karerasidagi ilk sovrin bo'ldi. Harri, shuningdek, ketma-ket ikkinchi yil Bundesliganing eng samarali hujumchisi bo'ldi - u 31 o'yinda 26 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berdi. U "gol+pas" tizimi bo'yicha ham peshqadam hisoblanadi.

Keyn bu mavsumda "Bavariya" safida asosiy tarkibda maydonga tushganida, myunxenliklar 22 marta g'alaba qozongan, olti marta durang o'ynagan va bir marta ham mag'lub bo'lmagan.

Ingliz futbolchisi bu mavsumda o'n marta birinchi golni urib, "Bavariya"ni 1:0 hisobi bilan oldinga olib chiqdi. U har safar gol urganda, jamoasi g'alaba qozondi. Keyn maydon bo'ylab o'rtacha har 92 daqiqada bir marta gol urdi.


AdministratorMuallif
Manba: www.bundesliga.com