Keyn Belgiya bilan bahsda asosiy tarkibda o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2018
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn Belgiyaga qarshi bahsda Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushadi.

Ingliz jamoasi tarkibida katta o'zgarishlar kutilmoqda, biroq JCH-2018da 5ta gol urgan 24 yoshli futbolchi yana ilk daqiqalardan maydonda bo'ladi.

Bu qarorni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt qabul qildi.

Uchrashuv 28 iyun kuni Kaliningradda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian